“Yashil Markaziy Osiyo” Oʻzbekiston-Germaniya xalqaro hamkorligi: Markaziy Osiyo va Afgʻonistonda iqlim, atrof-muhit va xavfsizlik boʻyicha transchegaraviy muloqot.

2023-yil 17-mart kuni Toshkent shahrida muzliklarni monitoring qilish va modellashtirish bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari boshqarmalari va Markaziy Osiyoda muvofiqlashtirish va hamkorlik bo‘yicha mintaqaviy Ishchi guruhi rahbarlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yigʻilishda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda GMITIdan: GMITI direktori Agzamov F.S., glatsiologiya bo‘limi xodimlari Karandaeva L.M., Umirzakov G.X., Gulmurzaeva B.A.
Ilmiy markazlar va Gidrometeorologiya xizmati rahbarlari Markaziy Osiyodagi muzliklarni birgalikda monitoring qilish va modellashtirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumini imzoladi.




Ushbu hujjat muzliklarni monitoring qilish va modellashtirish metodologiyasida umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishga, qo‘shma ilmiy ekspeditsiyalarni o‘tkazishga xizmat qiladi.
2023-yil avgust oyida Qozog‘istonning Malaya Almaatinka shahridagi Tuyuksu muzligiga qo‘shma ekspeditsiya bo‘lib o‘tadi.