Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Fayzulla Agzamov shu kunlarda davom etayotgan anomal sovuq sharoitida mamlakatimizdagi suv havzalarining muzlashi holati uzoq yillardan beri ilk marta kuzatilayotgani haqida:

F.Agzamov oʼlkamizda daryo va boshqa suv havzalarining muzlashi respublikamizga Skandinaviya hududidan Volga hududi orqali kirib kelgan sovuq havo oqimlari tufayli vujudga kelgan tabiiy hodisa ekanligini hamda ushbu tabiiy hodisaning ijobiy va salbiy tomonlari borligini aytib oʼtdi.
Salbiy tomonlaridan biri suv osti jonzotlarining nobud boʼlishi boʼlsa ijobiy tomonlari esa suv resurslari miqdorining ortishi, shuningdek qishloq xoʼjaligida yerlarda yoki oʼsimliklarda paydo boʼlgan kasalliklarning koʼpayishini oldini oladi deydi F.Agzamov. Nutqi soʼngida shunday iqlim oʼzgarayotgan bir davrda yurtdoshlarimizdan oʼzlarini ehtiyot qilishlarini va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishlarini soʼradi.