Аmaliy meteorologiya boʼlimi
Amaliy meteorologiya bo‘limi
Bo‘lim tuzilmasi:
- Sinoptik va sonli ob-havo prognozlari labaratoriyasi
- Bulutlar fizikasi va atmosfera jarayonlariga faol tasir etish labaratoriyasi
Bo‘limning asosiy vazifalari:
- Ob-havoni oldindan prognozlash maqsadida turli prognoz usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish sohasida ilmiy tadqiqotlar bajarish.
Bo‘limning ustuvor vazifalari quyidagilardan iborat:
- mahalliy va mintaqaviy miqyosdagi meteorologik maydonlarni tahlil qilishning tezkor usullarini va hududiy ob-havo prognozlarini ishlab chiqish;
- ob-havo prognozlarining qisqa muddatli dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
- O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havo prognozi sohasida tadqiqotlar o‘tkazish;
- ob-havo jarayonlarini tahlil qilish va oldindan prognoz qilishning sinoptik-statistik va gidrodinamik usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
- O‘rta Osiyo sinoptik jarayonlari va ularning tabiiy va antropogen omillar ta’sirida uzoq muddatli tebranishlarini tadqiqot qilish;
- ilmiy-amaliy ma’lumotnomalar tayyorlash;
- bo‘lim natijalarini amaliyotga joriy etishda uslubiy yordam ko‘rsatish.
Foydalanish sohasi
- Natijalar O‘zgidrometning tezkor prognostik faoliyatida qo‘llaniladi va davlat hokimiyati organlarining, O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha tarmoqlari va mamlakat aholisiga prognostik mahsulotlari asosida meteorologik xizmat ko‘rsatadi.