20-21-iyun kunlari YUNESKOning Toshkentdagi ofisida Global Atrof-muhit fondi-BMTTD-YUNESKOning «Markaziy Osiyo mamlakatlari barqarorligini mustahkamlash» loyihasi doirasida Diagnostik tahlil ishlab chiqishga bag’ishlangan milliy seminar o’tkazildi. Seminarda Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti ilmiy xodimlari ishtirok etishdi. Seminarni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad – kriosfera, suv resurslari va iqlim o’zgarishi bo’yicha mamlakat istiqbollarini ko’rib chiqish va Kriosfera loyihasi doirasida diagnostik vaziyat tahlilini tayyorlashga yordam beruvchi milliy ustuvorliklar va tegishli ta’sirlarni aniqlashdan iborat.