Seminar Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkent filiali tomonidan BMTning tadqiqot instituti (UNITAR) bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ko‘magida tashkil etildi. 

Uch kunlik kurs dasturida BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP28) natijalari va markaziy mavzular, iqlim muammolari va barqaror moliya, issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish vositalari, barqaror rivojlanish maqsadlari, Parij kelishuvining asosiy qoidalari, shuningdek, barqaror rivojlanish sohasidagi taraqqiyot ko’rsatkichlari o‘rganildi. 

“Bugungi tadbir hamkasblarimiz bilan tajriba almashish uchun juda yaxshi imkoniyatdir. O‘zbekiston tomonining iqlimni barqaror rivojlantirish sohasidagi yondashuvlari bizni juda qiziqtiradi. Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning ovozi eshitilishini istaymiz, chunki yo‘nalishlarimiz juda yaqin. Bu esa, birinchi navbatda, o‘zbekistonlik hamkasblarimizdan birgalikda xalqaro hamjamiyatga nima bera olishimiz borasida fikr va takliflarni eshitish uchun ajoyib imkoniyatdir”, — dedi Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining barqaror rivojlanish iqlim va ekologiya masalalari boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Uskov. 

Olingan bilimlar davlat xodimlariga iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, ESG transformatsiyasi, ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar faoliyati va mavjud qonunchilik bazasining nozik jihatlari bo‘yicha o‘z bilimlarini yangilash imkonini beradi.