Gidrometeorologiya  ilmiy-tadqiqot  instituti  ilmiy  xodimlari  va  doktorantura  talabalari  23-24  may  kunlari  Mirzo  Ulug‘bek  nomidagi  O‘zMUda  bo‘lib  o‘tgan  “O‘ZBEKISTONDA  IQLIM  O‘ZGARISHI  MUAMMOLARINI  TA’LIMGA  INTEGRATSIYA  QILISH”  mavzuidagi  xalqaro  ilmiy  amaliy  konferensiyada  faol  ishtirok  etdi.

Konferensiyaning  asosiy  maqsadi  hozirgi  kunda  O‘zbekiston  Respublikasi  va  xorijiy  mamlakatlarda  global  iqlim  o‘zgarishi,  uning  dunyo  mintaqalari  va  O‘zbekistonda  inson  faoliyati  sohalariga  salbiy  ta’siri  oqibatlarini  baholash  va  moslashish  masalalari,  iqlim  o‘zgarishi  sharoitida  suv  obyektlarining  gidrologik  rejimi,  transchegaraviy  suv  resurslaridan  hamkorlikda  foydalanish  muammolari,  iqlim  o‘zgarishining  tabiiy  geografik  jarayonlarga  ta’siri,  geoekologik,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografik  muammolari  hamda  ularni  kartalashtirish,  O‘zbekistonda  iqlim  o‘zgarishi  va  uning  tabiiy  resurslarga  ta’siri  muammolarini  o‘quv  adabiyotlarida  yoritishga  qaratilgan.