Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti ilmiy hodimlari hamda tayanch doktorantura talabalari MARKAZIY OSIYO ATROF-MUHIT VA IQLIM O‘ZGARISHINI O‘RGANISH UNIVERSITETI (GREEN UNIVERSITY) da bo’lib o’tgan Ekologik ta’lim kuniga bag’ishlangan bayram tadbirida ishtirok etishdi. Tadbirda Ekologiyaning naqadar muhim sohaligi, shuningdek, ekologik madaniyat va unda yoshlarning roli, ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, xalqimizning ekologik madaniyatini yanada oshirish bo’yicha chora-tadbirlar haqida so’z yuritildi. Tadbirda GMITI, Toshkent Gidrometeorologiya texnikumi, O‘zbekiston Milliy Universiteti hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ilmiy hodimlari va tayanch doktorantura talabalari o’zlarining ma’ruzalarini taqdim etishdi.