📢 GIDROMETEOROLOGIYA ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI 2027-YIL UCHUN QABUL E’LON QILADI!

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti 2027- o’quv yili uchun tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc), stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilar uchun qabul e’lon qiladi.
- 11.00.03 – Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo.
- Tayanch doktorantura — 1 ta o‘rin
- Stajyor-tadqiqotchi — 2 ta o‘rin
- 11.00.04 – Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya.
- Tayanch doktorantura — 1 ta o‘rin
- Stajyor-tadqiqotchi — 1 ta o‘rin
Talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
1. Ariza;
2. Qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka – namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda);
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi;
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 ta tezis);
6. Ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun);
7. Pasport nusxasi;
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa);
9. IELTS, TOEFL yoki boshqa tan olingan talab darajasidagi sertifikatlar.
✅ Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib, Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim (daraja.ilmiy.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.Murojaat uchun manzil (vaqtincha manzil): Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Ahmad Donish ko‘chasi, 28-uy. Tel: +99833 903 93 33
Ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislik fanidan tayanch doktoranturaga kirish imtihoni uchun dastur
11.00.04 – Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya
Faylni bu yerdan yuklab olish mumkin
xtisosligi bo‘yicha mutaxassislik fanidan tayanch doktoranturaga kirish imtihoni uchun dastur
11.00.03 – Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo
Faylni bu yerdan yuklab olish mumkin