Amaliy meteorologiya bo‘limi

Bo‘lim tuzilmasi:

  1. Sinoptik va sonli ob-havo prognozlari labaratoriyasi
  2. Bulutlar fizikasi va atmosfera jarayonlariga faol tasir etish labaratoriyasi

Bo‘limning asosiy vazifalari:

  • Ob-havoni oldindan prognozlash maqsadida turli prognoz usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish sohasida ilmiy tadqiqotlar bajarish.

Bo‘limning ustuvor vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. mahalliy va mintaqaviy miqyosdagi meteorologik maydonlarni tahlil qilishning tezkor usullarini va hududiy ob-havo prognozlarini ishlab chiqish;
  2. ob-havo prognozlarining qisqa muddatli dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
  3. O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havo prognozi sohasida tadqiqotlar o‘tkazish;
  4. ob-havo jarayonlarini tahlil qilish va oldindan prognoz qilishning sinoptik-statistik va gidrodinamik usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
  5. O‘rta Osiyo sinoptik jarayonlari va ularning tabiiy va antropogen omillar ta’sirida uzoq muddatli tebranishlarini tadqiqot qilish;
  6. ilmiy-amaliy ma’lumotnomalar tayyorlash;
  7. bo‘lim natijalarini amaliyotga joriy etishda uslubiy yordam ko‘rsatish.

Foydalanish sohasi

  1. Natijalar O‘zgidrometning tezkor prognostik faoliyatida qo‘llaniladi va davlat hokimiyati organlarining, O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha tarmoqlari va mamlakat aholisiga prognostik mahsulotlari asosida meteorologik xizmat ko‘rsatadi.